• Interaktiv xususiyatlar: ichadi, ovqatlanadi, yig'laydi, qozonga boradi, yuviladi.
• Batareyalarsiz ishlaydi.
• O'yin uchun 10 ta foydali aksessuarlar
• Sehrli ko'zlar: so'rg'ich aylantirilganda yoping.
Baby Born qo‘g‘irchoqlari har birimizga bolalikdan tanish! Baby Born bilan "ona-bola" o‘yinini o‘ynash hech qachon zerikarli bo‘lmaydi! Baby Born qo‘g‘irchog‘i nafaqat g‘amxo‘rlik qilinishi kerak bo‘lgan jajji chaqaloq, balki katta sarguzashtlar uchun ajoyib hamrohdir.
43 sm o‘lchamdagi "Sehrli ko‘zchalar" Baby Born Emma qo‘g‘irchog‘i bilan tanishing! Tashqarida hali yorug‘ bo‘lgani uchun Emma hech uxlashni xohlamayaptimi? Shunchaki uning og‘zidagi so‘rg‘ichni burang va mitti qizaloq qanday holatda bo‘lishidan qat’i nazar, ko‘zlarini yumadi.
Qo‘g‘irchoq 10 ta interaktiv funksiyaga ega: og‘zidagi so‘rg‘ich buralsa ko‘zlarini yumadi, ko‘zlari yopiq holda uxlaydi, butilkadan icha oladi, haqiqiy ko‘z yoshlar bilan yig‘laydi, taglikka va tuvakka peshob qiladi, qoshiqchadan ovqat yeydi, uni cho‘miltirish mumkin, juda harakatchan va tez quriydi.
Ushbu maftunkor multfilm qahramonining to‘plamida 10 ta aksessuar mavjud: tug‘ilganlik haqida guvohnoma, ichish uchun butilka, taglik (pampers), so‘rg‘ich, likopcha, qoshiq, tuvak, stikerlar albomi, 2 ta bilaguzuk va yo‘riqnoma.
Baby Born — butun dunyoga mashhur afsonaviy brend. U o‘zining tengsiz nemis sifati uchun qadrlanadi. Qo‘g‘irchoq ekologik toza (eco-friendly) qutiga qadoqlangan. Chaqaloq batareyalarsiz ishlaydi, tasavvurni rivojlantiradi va "ona-bola" o‘yinlari uchun juda mos keladi.
Aksessuarlarga ega bo‘lgan ushbu chaqaloq qo‘g‘irchoq bola uchun xayolot va o‘yinlar dunyosini ochib, ko‘plab ssenariylarni ijro etish imkonini beradi. Bolalar unga xuddi haqiqiy chaqaloqdek soatlab g‘amxo‘rlik qilishlari mumkin, chunki u aynan qizaloqlar uchun mo‘ljallangan mitti quvnoq chaqaloq formatidadir. Chiroyli qo‘g‘irchoq o‘zining mayda detallargacha bo‘lgan aniqligi bilan hayratda qoldiradi va eng xilma-xil o‘yin syujetlarining bir qismiga aylanishga qodir.

