Ta'mir qilgandan keyin yoki uy hayvoni bor xonadonda changyutgich xaltasi tez to'ladi, so'rish kuchi esa pasayadi. Siklon filtr shu muammoni oldini oladi: u shlang tutqichi bilan quvur orasiga o'rnatiladi, ichida havo aylanma harakatga keladi va chang markazdan qochma kuch bilan shaffof kolbaga tushadi. Ishingiz tugagach kolbani ochib, changni to'kib tashlaysiz — qo'lingiz iflos bo'lmaydi.

