• Model: Égoïste Platinum
• Mahsulot turi: Eau De Toilette (EDT)
• Jins: Erkaklar
• Hajm: 100 ml
• Mavsumiyligi: Bahor, yoz, kuz
• Chidamliligi: 5–8 soat
• Xushbo‘ylik turi: Yashil, yog‘ochsimon, aromatik
• Ifor tarqalishi: O‘rtacha
• Uslub: Klassik, ishbilarmon, nafis
Chanel Égoïste Platinum Eau De Toilette 100 ml — 1990-yillardan beri mashhur bo‘lgan erkaklar parfyumidir. Kompozitsiya lavanda, rozmarin va neroli kabi tetiklantiruvchi yuqori notalar bilan boshlanadi. Yurak qismida geranium, adaçay va galbanum atirga yashil, biroz achchiq va zamonaviy xarakter beradi. Yakuniy notalarda kedr yog‘ochi, vetiver, eman moxi va amber iliq, erkakona va uzoq saqlanuvchi iz qoldiradi. Ushbu atir o‘ziga ishonchli, tartibli va klassik uslubni qadrlaydigan erkaklar uchun yaratilgan.

