Ushbu kitobda siz Ann Luazelning mualliflik usuli bilan tanishasiz - u yuzlab odamlarga farovonlikka erishishda yordam bergan. Bu chakralaringiz energiyasini ochishga qaratilgan kompleks usul bo‘lib, uning asosida ming yillik ma’naviy amaliyotlar bilan bir qatorda zamonaviy tibbiyot va neyrofanlar yutuqlari mujassam: xitoy tabobati, yoga va meditatsiyalardan tortib, psixologik texnikalar hamda ovqatlanish bo‘yicha tavsiyalargacha.
Kitobning yana bir muhim jihati shundaki, farovonlik sari yo‘lda qaysi vositalardan foydalanishni o‘zingiz tanlaysiz - naturopatiya, psixologiya, yoga, efir moylari yoki toshlar. Ann Luazel usuliga ko‘ra, ularning barchasi samarali ishlaydi.

