“Chahor kitob” asrlar davomida xalqimizning bebaho mulki sifatida qadrlanib, dastlabki diniy bilim beruvchi manba vazifasini o‘tab kelgan. Ushbu asarda har bir musulmon kishi bilishi lozim bo‘lgan iymon, e’tiqod, aqida, tahorat, namoz, ro‘zaga oid boshlang‘ich fiqxiy masalalar sodda uslubda bayon qilingan. “Chahor kitob”ning ushbu nashriga hijriy 1316 yilda yozilgan "Nusxai Turkiy" kitobi asos qilib olinib, sharh va izohlar bilan to‘ldirildi. Ushbu kitobni chop qilinishida o‘z maslahatlari va himmatlari bilan yordam bergan barcha azizlarimizni Alloh subhanohu va taolo ikki dunyoda aziz qilishini va bu xizmatlari dunyo va oxiratda manfaatli bo‘lishini duo qilib so‘raymiz.

