Onore de Balzak (asli Balzats) 1799-yilning 20-mayida Fransiyaning Tur shahrida dunyoga kelgan.
Huquq maktabida o‘qib, advokatlik va notarius xizmatida amaliyot o‘tagan Balzak maktabni tugatgach, adabiyot sohasini tanlaydi. Dastlabki yozganlarini “Villergle”, “Lord Roon”, “Oras de Sent-Oben” kabi taxalluslar bilan e’lon qilgan.
Balzakni adabiyot olamiga tanitgan birinchi yirik asari “Shuanlar” tarixiy romani (1829) hisoblanadi. Fransuz adabiyotining eng sermahsul ijodkori bo‘lgan Balzak adabiy merosi yuzdan ortiq asarni o‘z ichiga oladi. “Gorio ota”, “Gobsek”, “Yevgeniya Grande”, “Sag‘ri teri tilsimi”, “Satanglar yaltiroqligi va qashshoqligi” singari romanlari va qator hikoyalari o‘zbek tiliga mahorat bilan o‘girilgan.
Onore de Balzak 1850-yilning 18-avgustida 52 yoshida vafot etgan.

