• Nomi: Menga zarar yetkaza olmaysan
• Muallif: David Goggins
• Yosh chegarasi: 16+
• Janr: Avtobiografiya, Motivatsiya, Shaxsiy rivojlanish
"Can't Hurt Me" kitobi o‘z ustida ishlashni istaganlar uchun ajoyib motivatsion manba. Goggins o‘z hayot yo‘li orqali inson imkoniyatlarining cheksiz ekanini isbotlaydi. Kitobda har bir bobdan so‘ng amal qilinadigan topshiriqlar bor. Bu sizni o‘qibgina qolmay, hayotingizda amaliy o‘zgarishlar qilishga undaydi. Ruhiy zaiflikdan kuchli iroda sari yo‘l ko‘rsatadi. Kitob o‘quvchiga doimiy intilish, sabr, o‘zini sinovdan o‘tkazish va eng muhimi, hech qachon taslim bo‘lmaslik g‘oyalarini singdiradi. Har bir betda hayotiy saboq, har bir hikoyada ilhom yashiringan. Sportchilar, tadbirkorlar va oddiy o‘zini topmoqchi bo‘lganlar uchun ayni kerakli asar.

