Kalsiy - suyak to‘qimasining shakllanishida ishtirok etadi. Tishlar, sochlar, tirnoqlar o‘sishi va salomatligi uchun javob beradi. Kalsiyning transport funksiyasi shundan iboratki, hujayralararo suyuqliklar hujayralardan ishlatilgan materiallar va zararli moddalarni (allergenlar, og‘ir metall tuzlari) chiqarib, ozuqa moddalarini tashiydi. Asab tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi - uyquni me’yorlashtiradi, stressli vaziyatlarda organizmning chidamliligini oshiradi.
D3 vitamini (xolekalsiferol) - kalsiyning o‘zlashtirilishiga, suyaklar va tishlarning mustahkamlanishiga yordam beradi. Ichak hujayralarida D3 vitamini ishtirokida oqsillar sintezlanadi, ular kalsiyni qon oqimi bilan har qanday to‘qimalarga olib o‘tishga qodir. D3 vitamini tufayli hujayralararo suyuqlikda kalsiy ionlarining doimiy konsentratsiyasi saqlanib turadi, shunda suyak to‘qimasi kerak bo‘lganda ularni so‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Qo‘llanish sohasi:
"Calcium D3 MD" oziq-ovqatga qo‘shiladigan BFQ kalsiy va D3 vitaminining qo‘shimcha manbai sifatida tavsiya etiladi. Kalsiy - suyak to‘qimasining shakllanishida ishtirok etadi. Tishlar, sochlar, tirnoqlar o‘sishi va salomatligi uchun javob beradi. Asab tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi - uyquni me’yorlashtiradi, stressli vaziyatlarda organizmning chidamliligini oshiradi.
Qo‘llash usuli va dozalari:
Ichkariga. Kattalarga sutkasiga ovqatdan keyin 1 tabletkadan. Qo‘llash kursi 20-30 kunni tashkil etadi. Zarurat tug‘ilganda, organizm holatiga muvofiq, kurs davomiyligini uzaytirish yoki qayta tiklash mumkin.
Nojo‘ya ta’sirlari
Komponentlarga allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin. Nojo‘ya ta’sirlar paydo bo‘lganda, qo‘llashni to‘xtatish va mutaxassisga murojaat qilish lozim.
Qarshi ko‘rsatmalar
Mahsulot tarkibiy qismlarini shaxsiy ko‘tara olmaslik, homiladorlik, emizish. Qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
BFQ dori vositasi emas!
Bolalar qo‘li yetmaydigan joyda saqlang.
Tavsiya etilgan dozalardan oshirmaslik.
Qo‘llashdan oldin mutaxassis maslahati tavsiya etiladi.
Saqlash shartlari
25 oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.

