• Kipriklarni alohida-alohida ajratib beradi
• Makiyajda professional effekt beradi
• Kundalik va kechki makiyajga mos
• Uzaytiradi,qalinlashtiradi,hajm beradi
• Yelim bo‘lib yopishib qolmasligi uchun maxsus tuzilma
• Quruq bo‘lib ketmaydi Qalin qatlam qilmaydi
Cabaret Premier — namlikka chidamli, sahna hajmi effekti beradigan kiprik uchun tush. Dekorativ kosmetikada eng mashhur bo‘lgan bu maskara nafaqat klassik qora rangda, balki yorqin va zamonaviy tuslarda ham chiqariladi: Violette, Blue, Green, Brown.
Maxsus tor uchli plastik cho‘tkasi tufayli tush kipriklarga bir tekis surtiladi, ularni alohida–alohida ajratadi va ajoyib hajm beradi. Mustahkam formulasi kiprik shaklini butun kun davomida ushlab turadi, o‘chmaydi, oqmaydi va to‘kilmaydi.
Maksimal effektga erishish uchun kipriklarni ildizidan uchigacha bir necha qatlam qilib bo‘yab chiqing — shunda istagan hajm va uzunlik hosil bo‘ladi. Tushning namlikka chidamli formulasi kun bo‘yi kiprikda turadi, o‘chmaydi va oqib ketmaydi. Shu sababli sport paytida yoki issiq ob-havoda ham makiyaj ideal holatda qoladi.
Namlashtiruvchi komponentlar kipriklarni himoya qiladi, parvarishlaydi va tushning to‘kilib tushishiga yo‘l qo‘ymaydi, natijada ko‘z qarashi yanada ravshan va jozibali ko‘rinadi. Tushni bir yoki ikki qatlam qilib surtish mumkin — bu sizga tabiiydan tortib juda uzun, go‘yoki kiprik qo‘shimchasiga o‘xshash kuchli effektga erishishga yordam beradi.

