• Nomi: Le Gemme Tygar
• Hajmi: 125 ml
• Turi: Eau De Parfum (EDP)
• Jinsi: Unisex
• Parfyumer: Jacques Cavallier
• Xushbo‘ylik oilasi: Sitrus, yog‘ochsimon, amberli
• Barqarorligi: 8–12+ soat
• Tarqalishi: Kuchli
Bvlgari Le Gemme Tygar — qimmatbaho Tygar ko‘k yo‘lbars ko‘zi toshidan ilhomlangan eksklyuziv parfyum. U kuch, jasorat va erkinlik timsoli hisoblanadi. Atir ochilishida yangi siqilgan greypfrutning yorqin va tetiklantiruvchi nafasi seziladi. Keyinchalik zanjabilning ziravorli nozikligi va ambroksanning zamonaviy yog‘ochsimon-ambarli xarakteri namoyon bo‘ladi. Natijada kuchli, hashamatli va esda qolarli hid hosil bo‘ladi.

