«Buyuk Getsbi» — amerikalik yozuvchi Frensis Skott Fitsjeraldning jahon adabiyotining mumtoz asarlaridan biriga aylangan mashhur romanidir. Voqealar XX asrning 20-yillaridagi Amerikada, iqtisodiy yuksalish, hashamat va ijtimoiy o‘zgarishlar davrida kechadi. Asar markazida sirli millioner Jey Getsbi obrazi turadi. U bir vaqtlar ayrilib qolgan sevgisi Deyzini qaytarishga intiladi.
Yozuvchi sevgi, umid va umidsizlik tarixi orqali Amerika jamiyatidagi qarama-qarshiliklarni, boylikning tashqi jozibasini va inson orzularining amalga oshmasligi muammosini ochib beradi.

