Mazkur monografiya O‘zbekistonda, xususan, Buxoro vohasida ziyorat turizmining shakllanishi, taraqqiyot bosqichlari va rivojlanish xususiyatlari, ziyorat turizmining o‘tmishi, buguni va istiqbollari masalalariga bag‘ishlangan. Ziyorat, sayohat va ziyorat turizmining aholi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotidagi o‘rni, turizmning hudud taraqqiyoti, urbanizatsiya, o‘zaro hamjihatlik, ahillik va bag‘rikenglik muhitini ta’minlashdagi ahamiyati antropologik nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Ziyoratchilar, sayyohlar, sayyohlar va tashrif buyuruvchilarning ijtimoiy portretlari ochib berilgan. Ziyorat turizmi obyektlari tarixiy, geografik, tabiiy va ijtimoiy omillar asosida tasniflandi.

