• Buvamning, buvamning oshqozoni, buvamning oshqozonidagi mamlakat, oshqozon, kitob, bolalar adabiyoti
🌍 Assalomu alaykum, mening aziz kichik do‘stim!
Ushbu asarim hozir qo‘lingizda turganidan behad xursandman! 😊 Balki, siz serquyosh ona O‘zbekistonimizning qaysidir bir burchagida o‘tirib o‘qiyotgandirsiz 🇺🇿. Yoki, olis Amerikaning gavjum ko‘chalaridagi biror uyda mutolaaga sho‘ng‘igansiz 🇺🇸. Ehtimol, so‘lim Parij xiyobonlaridasiz 🇫🇷, yoki Venetsiyaning suvga qaragan derazasi oldida akangiz bilan o‘tirgandirsiz 🇮🇹.
Balki, Braziliyaning qaysidir maktab kutubxonasida uchrashgandirmiz 📚🇧🇷. Yoki jazirama Afrikaning soya-salqin joyida yonboshlab, kitob varaqlayotgandirsiz 🌴📖. Kim biladi, balki siz muqaddas Arabiston yarim orolidagi fayzli uylardan birida o‘tiribsizdir 🕌
Yoki bepoyon Rossiyaning eng chekka taygasida, tashqaridagi qahraton sovuqqa parvo qilmay, issiq pechka yonida qaynoq qahvadan ho‘plab, kitobni ochgansizdir ☕❄️🇷🇺. Yoki go‘zal Qirg‘izistonning tog‘laridan biridagi maktab kutubxonasida o‘tiribsizdir ⛰️🇰🇬.
Xullas, aniq bilamanki, hozir aziz Yer sayyorasining qaysidir burchagidasiz 🌍. Axir oyda yoki Marsda yashamaysiz-ku! 🌑🔴
Nima bo‘lganda ham, uchrashganimizga ming marta shukr! 🙏✨
📚 Men bu kitobimni popka ko‘tarib yurgan barcha bolalarga bag‘ishlab yozdim.
Ehtimol, u bola popkasini yelkadan qo‘yganiga ancha vaqt bo‘lgandir. Ammo umrida biror marta popka tutganmi, demak, bu so‘zlar unga ham taalluqli 🧒🎒.
Qadrdonim, bilaman, hozir siz bolalik gashtini suradigan, mazza qilib o‘ynaydigan yoshdasiz. To‘g‘ri, sport o‘yinlari kerak – ertangi kunda sog‘lom, salomat holda o‘qib-o‘rganish, Haq va xalqqa xizmat qilish uchun ⚽🏃♂️. Lekin bir narsani eslab qo‘ysangiz yomon bo‘lmasdi: insonning eng xotirasi kuchli payti – yoshlik davri 💭✨.
Kimdir bundan unumli foydalanib, ilm olishga va o‘zini rivojlantirishga harakat qiladi 📖🔍, yana kimdir tun-u kun video o‘yinlar, internetdagi befoyda xabarlar bilan o‘z bebaho lahzalarini havoga sovuradi 🎮📱. So‘ng, sochlari to‘kilib, qo‘liga hassa tushganida o‘tgan vaqtlari uchun pushaymon qiladi... 😔🕰️
Kamina faqir do‘stingiz – men, sizning bunday holga tushishingizni aslo istamayman. Shuning uchun kuyib-pishib mana shunday kitoblarni yozaveraman ✍️. Tilagim – tanangizdagi va aqlingizdagi bu katta kuchingizni faqat yaxshilikka sarflang 💪🌟! Ularni bekor ketkazmang.
Bu xuddi orolda qolgan odamning uyali telefonidagi quvvatni qutqaruvchilarni chaqirish uchun emas, balki qo‘shiq eshitish uchun ishlatib qo‘yishiga o‘xshaydi 📱🎶. Do‘stim, siz ham quvvatingizni bekor ketkazmang. Ilm o‘rganing, izlaning, rivojlaning. Bu dunyo o‘z bilimini, iste’dodini va kuchini to‘g‘ri ishlatganlarga omad va muvaffaqiyatni baxsh etadi 🌍🏆.

