Busy Board Montessori sensorli rivojlantiruvchi doska – bolalarning o‘yin orqali o‘rganishi uchun yaratilgan zamonaviy ta’limiy o‘yinchoq. Turli tugmalar, kalit, qulf, aylanuvchi elementlar va mexanizmlar bolada qiziqish uyg‘otadi hamda mayda motorika, mantiqiy fikrlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Mustahkam, BPA free va xavfsiz plastmassadan tayyorlangan. Ixcham o‘lchami sabab uyda, bog‘chada yoki sayohatda olib yurish qulay. Farzandingizning mustaqil o‘rganishi, diqqatini jamlashi va qo‘l-barmoq harakatlarini rivojlantirish uchun ajoyib tanlov.

