IFOR TAVSIFI
Burberry Goddess — ayollar uchun yaratilgan ingliz atiri. Uning asosi — vanil, lekin oddiy shirin vanil emas: parfyumer uch xil vanildan foydalangan. Birinchisi yorqin va yengil, ikkinchisi boy va shirin, uchinchisi esa sutli, chuqur va sirli. Ularga lavanda ozgina yangilik, kakao va zanjabil esa yumshoq iliqlik qo'shadi.
Natija — o'zingizni erkin va ishonchli his qilishga yordam beradigan hid. U shirin, lekin og'ir emas, iliq, lekin bo'g'maydi. Shuning uchun u kundalik hayotda ham, kechki chiqishlarda ham yarashadi.
IFOR PIRAMIDASI
Yuqori notalar: vanil, lavanda, kakao, zanjabil
O'rta notalar: vanil ikrasi (Vanilla Caviar)
Asosiy notalar: vanil absolyuti
XUSUSIYATLARI VA TAVSIYALAR
Konsentratsiya: Eau de Parfum (EDP) — boy va sezilarli hid
Hajmi: 100 ml
Brend mamlakati: Ispaniya
Hid turi: vanilli, gurmand, lavandali, yengil achchiq
Chidamlilik: chidamli atir, hid terida va kiyimda uzoq davomli saqlanadi
Mavsum: kuz, qish, bahor
Qachon sepiladi: kundalik kiyinish, ish, uchrashuv va kechki chiqishlar uchun
Tavsiya: tomoq, bilak va bo'yinga 2–3 marta sepish yetarli
NIMA UCHUN SIZ BURBERRY GODDESS NI TANLASHINGIZ KERAK?
✔ Mashhur ingliz brendining ayollar uchun original atiri
✔ Uch xil vanilning noyob uyg'unligi — oddiy vanil atiridan farq qiladi
✔ Chidamli atir: hid kun bo'yi sizni kuzatib yuradi
✔ Shirin, iliq va yoqimli hid — atrofdagilarning diqqatini tortadi
✔ Chiroyli flakon — o'zingiz uchun ham, yaqiningizga sovga sifatida ham ajoyib tanlov
✔ Sovuq mavsumda ayniqsa yarashadigan nafis parfyum
Atirdagi notalar nima degani?
Atir sepilganda uning hidi bir xil qolmaydi, vaqt o'tishi bilan bosqichma-bosqich ochiladi:
Yuqori notalar — bu atirning birinchi «salomi», uni sepgan zahoti sezasiz.
O'rta notalar — iforning «yuragi», u 20 daqiqadan keyin ochilib, asosiy yoqimli hidni beradi.
Asosiy notalar — eng chidamli qism bo'lib, aynan shu hid uzoq vaqt teringizda saqlanib qoladi.
📌 Maslahat: Iforni to'liq his qilish uchun uni sepib, biroz vaqt kutish tavsiya etiladi.

