«Bukvar» 4–7 yoshdagi bolalarga o‘qish va yozishni bosqichma-bosqich o‘rgatishga mo‘ljallangan. Qo‘llanmada harflar va tovushlar bilan tanishish, bo‘g‘in va so‘zlarni o‘qish, yozuv ko‘nikmalarini shakllantirish hamda husnixatni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar jamlangan.
Kitobdagi materiallar bolaga yangi bilimlarni sodda va tushunarli tarzda o‘zlashtirishga yordam beradi. Rangli rasmlar va amaliy topshiriqlar o‘quv jarayonini qiziqarliroq qiladi. Ushbu bukvardan uy sharoitida ota-onalar bilan birgalikda yoki maktabgacha ta’lim va maktabga tayyorgarlik mashg‘ulotlarida foydalanish mumkin.

