Buklanadigan turist kreslosi tabiat qo‘ynida dam olishni yoqtiradiganlar uchun qulay va amaliy tanlov hisoblanadi. Ushbu kreslo baliq ovlash, kemping, piknik, dala hovli, sayohat va ochiq havoda hordiq chiqarish uchun juda mos. Kreslo mustahkam metall karkas bilan ishlangan bo‘lib, o‘tirish qismi zich va chidamli matodan tayyorlangan. Konstruktsiyasi qulay o‘tirish holatini ta’minlaydi va uzoq vaqt dam olishda ham komfort beradi
Modelning asosiy afzalliklaridan biri — oyoq qo‘ygichi mavjudligi. Bu xususiyat oddiy yig‘ma stullardan farqli ravishda yanada qulay dam olish imkonini beradi. Shuningdek, yon qismida stakan yoki butilka qo‘yish uchun maxsus ushlagich bor. Bosh qismida yumshoq yostiqcha joylashgan bo‘lib, bo‘yin va bosh uchun qo‘shimcha qulaylik yaratadi
Kreslo buklanadigan konstruksiyaga ega, shu sababli uni yig‘ish va ochish juda oson. Maxsus g‘ilof bilan birga kelgani uchun saqlash va olib yurish ham qulay. Sayohatga, baliq ovlashga yoki tabiatga chiqishda mashinada ortiqcha joy egallamaydi. Uyda, bog‘da yoki dala sharoitida ham bemalol foydalanish mumkin
Ushbu turist kreslosi dam olish paytida qulaylik, soddalik va funksionallikni birlashtiradi. Ochiq havoda sifatli hordiq chiqarishni istaydiganlar uchun yaxshi tanlov bo‘ladi

