



Uy ichidagi ta'mirlash ishlarida, baland javonlardan buyumlarni olishda yoki pardalarni ilishda ushbu mahsulot yordamga keladi.






Kengligi 27 sm bo'lgan pogonalar oyoq ostida mustahkam turadi va balandlikda ham qo'rquvsiz harakat qilish imkonini beradi. Maxsus mexanizmi yordamida oson buklanadi. Taxlangan holatda qalinligi atigi 5.5 sm ni tashkil qilgani uchun uni eshik ortiga, shkaf ichiga yoki ixtiyoriy tor joyga berkitish mumkin. 


Mazkur narvon ortiqcha joy egallamaydi va xonadon maydonini tejaydi. 4, 5 va 6 pogonali modellar har qanday balandlikdagi shiftlar uchun to'g'ri keladi.
