Shveysariyalik yozuvchi Jianna Molinari 2018-yili “Bu yerda hamma narsa bo‘lishi mumkin” asari uchun nufuzli Robert Walser Prize mukofotiga sazovor bo‘lgan. Zamonaviy adabiyot namunalari ichida o‘rni, e’tirofi, bahosini topgan mazkur asarni “akadem•nasr” ruknida hukmingizga havola etamiz.
Kitobni o‘qib, bizga nima muhim, nima o‘tkinchi, ahamiyatsiz ekanini anglaymiz. Har kimning umidi, ilinji, dunyosi bo‘lak ekanini yaqqol fahmlaymiz. Boshqa xulosalarni esa o‘zingizga qoldiramiz.

