Doktor Fotima Antar Misr Vaqf vazirligida voiz va Al-Azhar universitetida tadqiqotchi. Muallif neyrolingvistika dasturlash (insonning ongi (neyro), tili (lingvistika) va xulq-atvori o'rtasidagi bog'liqlikni o'rganadigan soha) bo'yicha doktorlik darajasini olgan, xalqaro kouching federatsiyasi (ICF) tomonidan tasdiqlangan kouching asoslarini o'rgangan. Shuningdek, gumanitar fanlar bo'yicha ham ko'plab sertifikatlarga ega. U Al-Azhar universitetining Islomiy ilmlar va arab tili fakultetida «Hadisi sharif va unga oid ilmlar» yo'nalishida magistraturani tamomlagan. Shu fakultet tadqiqotchisi hisoblanadi. U shu tariqa diniy va ijtimoiy ixtisosliklarni uyg'un holda o'zlashtirgan olimadir.

