Novage+ Bright Intense seriyasi terining rangi va tuzilishini atigi 4 bosqichda yaxshilashga yordam beradi. U nafaqat quyosh nuri va gormonal o‘zgarishlar tufayli paydo bo‘lgan giperpigmentatsiyani kamaytiradi, balki qarishning asosiy belgilariga ham ta’sir qiladi. Tarkibidagi 8 ta bioaktiv texnologiya teri rangini tekislash va sog‘lom yorqinlik berish uchun birgalikda ishlaydi.
Biz turli teri ehtiyojlari uchun ishlab chiqilgan va bioaktiv texnologiyalar bilan kuchaytirilgan Novage+ qarishning oldini oluvchi 4 bosqichli parvarish tizimini taqdim etamiz. Har bir bosqich oldingisini kuchaytiradi — shuning uchun barcha vositalardan kuniga ikki marta muntazam foydalanish juda muhim. Tavsiyalarga rioya qilsang, dastlabki natijalarni atigi 2 haftada ko‘rishing mumkin.
Novage+ yuzni tozalovchi gel iflosliklarni samarali, ammo muloyim tarzda tozalaydi, terining himoya to‘sig‘ini qo‘llab-quvvatlaydi va uni faol ingredientlarni qabul qilishga tayyorlaydi. Formula Bio Lipid System texnologiyasi bilan kuchaytirilgan.
Novage+ Bright Intense pigmentatsiyaga qarshi yuz serumi melanin ishlab chiqarilishini bostiradi, pigment dog‘larining ko‘rinishini kamaytiradi va teri rangini tekislaydi. Formulada Bio Lumilock va Oripeptide-3 texnologiyalari, shuningdek niatsinamid, betain va skvalan mavjud.
Novage+ Bright Intense pigmentatsiyaga qarshi ko‘z atrofidagi teri kremi pigment dog‘lari ko‘rinishini kamaytiradi, shish va qorong‘i doiralarni yengillashtiradi, ajinlarni tekislaydi. Formula Bio Lumilock va Eye Vital texnologiyalari bilan kuchaytirilgan, shuningdek niatsinamid va betainni o‘z ichiga oladi.
Novage+ SPF 30 yengil multiaktiv kunduzgi kremi terini namlaydi va uning tabiiy himoya to‘sig‘ini mustahkamlaydi. U ajinlar, taranglikning yo‘qolishi, xira rang va notekis tusni ham o‘z ichiga olgan qarishning 10 ta asosiy belgisi bilan kurashadi. Formula Bio Re:Barrier va Advanced Pollution System texnologiyalari bilan kuchaytirilgan, shuningdek gigiyaluron kislotasi, E vitamini va SPF 30 mavjud.
Novage+ to‘yingan multiaктив tungi kremi tunda terining tabiiy qayta tiklanish jarayonlarini faollashtiradi va mustahkamlaydi. U terini namlaydi, ajinlarni tekislaydi va sezilarli yoshartiruvchi ta’sir beradi. Oziqlantiruvchi, boyitilgan teksturaga ega formula Bio CeramidesPro va Advanced NightSync texnologiyalari, shuningdek shi yog‘i va E vitamini bilan kuchaytirilgan.

