«Of Human Bondage» (Insoniy asorat) asarini Bildungsroman — ya’ni bosh qahramon Filip Kerining bolalik va o‘smirlikdan tortib, yoshlik va kamolot davrigacha bo‘lgan hayot yo‘li tasvirlangan asar — deb ta’riflash mumkin.
U ko‘plab sinovlarga duch keladi: ota-onasining erta vafot etishi, hayotdagi o‘z o‘rnini topish yo‘lidagi mashaqqatli izlanishlar hamda yengiltak bir ayol bilan bo‘lgan, avval boshdanoq barbodlikka mahkum munosabatlar shular jumlasidandir. Ko‘plab ko‘ngilsizliklarni boshdan kechirib, dunyoqarashi o‘zgarib borishi — nafsga berilishdan tortib, o‘z istaklaridan voz kechishgacha bo‘lgan holatlarni boshdan o‘tkazishi — jarayonida Filip o‘z hayotining naqshini ipma-ip to‘qib chiqishga urinadi...

