«Бремя страстей человеческих» - Somerset Moemning ko‘p jihatdan avtobiografik xususiyatga ega romani. Asar dunyoning deyarli barcha tillariga tarjima qilingan, uch marta ekranlashtirilgan hamda XX asrning ingliz tilidagi 100 ta eng yaxshi adabiy asari ro‘yxatiga kiritilgan. Romanni o‘qib chiqqan Teodor Drayzer Moemni «buyuk san’atkor», uning asarini esa «daho ijodi» deb atagan.
«Бремя страстей человеческих»ni «tarbiya romani» deb atash mumkin. Unda muallif bosh qahramon Filip Kerining hayot yo‘lini - bolalikdan o‘smirlikka, yoshlikdan yetuklik davrigacha bo‘lgan jarayonni tasvirlaydi.
Filipning hayoti ko‘plab sinovlarga boy bo‘ladi: ota-onasidan erta ayrilish, hayotdagi o‘z yo‘lini topish uchun qilgan iztirobli izlanishlar, yengiltak ayol bilan umidsizlikka mahkum munosabatlar... Ko‘plab ko‘ngilsizliklarni boshdan kechirib, o‘z qarashlarini o‘zgartirar ekan, u o‘z ehtiroslariga berilishdan tortib, ulardan voz kechishgacha bo‘lgan murakkab yo‘lni bosib o‘tadi. Filip o‘z hayotining naqshini ipma-ip to‘qishga, uning mazmunini anglashga intiladi...

