Minecraft olamidagi eng tanilgan boss — Wither. Uchta kub bosh, qora tana
va oq ko'zlar. Endi kaftga sig'adigan brelok shaklida.
HARAKATLANUVCHI QISMLAR
Yon boshlar va tana bo'g'imlari buriladi — figurkani turli holatlarga
qo'yish mumkin. Qo'lda aylantirish yoqimli, antistress sifatida ishlaydi.
PIKSEL DIZAYN
O'yindagi shakl aniq saqlangan: kub boshlar, oq ko'z va og'iz. 3D bosma
fakturasi sirtda ko'rinib turadi — bu qo'lda ishlangan mahsulot belgisi.
MATERIAL
PLA plastik — makkajo'xori kraxmalidan olinadigan material. Hidsiz,
bo'yoqsiz: rang plastikning o'zida.
QAYERDA ISHLATILADI
Kalit, ryukzak, sumka yoki penal uchun bezak. Ish stolida yoki javonda
dekor sifatida ham turadi.
KIMGA SOVG'A
Minecraft muxlisi, geymer yoki kolleksiya yig'uvchi uchun.
TO'PLAM
Figurka — 1 dona, metall zanjir va halqa bilan.
Har bir mahsulot jo'natishdan oldin tekshiriladi. O'z ishlab chiqarishimiz.

