Dante Aligyeri — ulug‘ italyan shoiri, mutafakkir, mashhur «Komediya» (keyinchalik «Ilohiy komediya» deb nomlangan) asari muallifi. Siyosiy quvg‘inlik yillarida, «hayot yo‘lining yarmida», Dante o‘lmas «Ilohiy komediya»ni yaratdi. Bu asar she’riy madaniyatning buyuk obidasi va o‘rta asrlar dunyoqarashining haqiqiy ensiklopediyasidir. Doston muallifi unda gunohkorlik va shubhalarning qorong‘u baxtsizligidan haqiqat va nurli ideal saodatiga sari, oxirat dunyosining uch iqlimi orqali Parvardigor huzuriga sayohat qilishdek ilohiy marhamatga sazovor bo‘lgan inson sifatida namoyon bo‘ladi.
Xususiyatlari

