• Nomi: Boya Chinese — Xitoy tili kursi (O‘rta daraja, 1-bosqich)
• Mualliflar: Li Syaoqi, Chjao Yanfen
• Janri: Ta’lim, Xitoy tili o‘quv qo‘llanmasi
• Yosh chegarasi: 12+
• Til: Xitoy tili
• Format: A4
• Muqova: Yumshoq
• Varoq: 304
“Boya Chinese (Intermediate I)” — o‘rta bosqich o‘quvchilari uchun ishlab chiqilgan darslik bo‘lib, o‘quvchining og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish, talaffuzni takomillashtirish hamda madaniy tushunchalarni chuqurlashtirishga yordam beradi. Kitobdagi mavzular kundalik hayot, ijtimoiy munosabatlar va zamonaviy Xitoy madaniyati bilan bog‘liq. Mashqlar orqali so‘zlarni kontekstda ishlatish, matnlarni tahlil qilish va nutqni tabiiylashtirish ko‘nikmalari rivojlanadi. Ushbu darslik xitoy tilida o‘qishni akademik va amaliy darajada mustahkamlashni istagan talabalar uchun juda foydali.

