"Boy bola, aqlli bola" kitobi ta’limni qadrlaydigan, farzandlarining moliyaviy jihatdan yaxshi yo‘lga tushishiga yordam berishni orzu qiladigan va ularning g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishda faol ishtirok etishni istagan ota-onalar uchun yozilgan.
Bugungi kunda moliyaviy savodxonlik har qachongidan ham muhim. Biroq, afsuski, zamonaviy ta’lim tizimi yosh avlodga real hayotda zarur bo‘lgan barcha ko‘nikmalarni berishga qodir emas.
Robert Kiyosaki sizga bolalarda o‘qishga bo‘lgan muhabbatni qanday uyg‘otish va ularga katta hayotda asqotadigan bebaho bilimlarni qanday yetkazish haqida maslahat beradi.

