Mening nazarimda Kim zamonaviy ayollarning namunasi: quvnoq, yaxshi do‘st, chiroyli, aqqli va boy. Pul va sarmoyadorlik haqida gap ketsa, ishoning, u nima deyayotganini yaxshi biladi. To‘g‘ri, u qachonlardir hech narsani bilmasdi, ammo u ko‘z oldimda shogirdlikdan ekspertga aylandi. U boshqalarga o‘rgatayotganini o‘zi ham amalda qiladi. Men bu kitobga so‘zboshini chuqur ehtirom bilan - eng yaqin do‘stim, ish yuzasidan hamkorim va rafiqam uchun yozdim

