O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan an'anaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan Zomin seminari mamlakatimizning turli hududlarida yashab, badiiy ijod bilan shug'ullanayotgan yoshlarni qo'llab-quvvatlashni maqsad qilgan. Seminarda faol qatnashish bilan birga adabiy maydonda o'z ijodi bilan koʻzga ko'rinib, ustozlar e'tirofiga sazovor bo'layotgan, o'z muxlislari tomo- nidan e'tirof qilinayotgan ijodkor yoshlar ko'p. Bunday yoshlar ijodi Yozuvchilar uyushmasining "Birinchi ki- tobim" loyihasida kitob holida chop etilib, Siz adabiyot muxlislari hukmiga havola etilmoqda.
Kitob orqali yosh muallifning ko'ngil bitiklarini o'qib, uning ijod bulog'idan bahramand bo'lishingizni istaymiz.

