Shubhasiz, kitob bola tarbiyasidagi eng muhim vositalardan biri sanaladi. Ertaklar bola qalbini ezgulikka to‘ldirsa, she’rlar bola nutqini go‘zallashtiradi. Shu o‘rinda bu yil ijodiy jamoamiz bilan bir qator qiziqarli she’riy to‘plamlarni chop ettirishga qaror qildik. Mazkur to‘plamdan „Botir Quyon“, „Momaqaymoq“, „Tipratikan“ singari bir qator she’rlar o‘rin olgan.

