Odam qiziqish bilan o'rgangan narsasini bir umr unutmaydi. Shuning uchun bolalarga ta'lim berishda qiziqarli o'yinlar, boshqotirmalardan foydalanish yaxshi samara beradi. Qo'lingizdagi kitob ana shunday maqsad bilan yaratildi. Undagi bir-biridan qiziq topishmoqlar, boshqotirmalar bolalarning fikrlash doirasini kengaytirib, aqliy salohiyatini yuksaltiradi degan umiddamiz. Kitob maktab o'quvchilari, o'qituvchilar va ota-onalar uchun mo'ljallangan.
Tuzuvchilar: Adhamjon Ahmadjonov, Noila Xolmatova

