ALGO brendining sayohatlar uchun mo'ljallangan silikon g'ilof-konteyneri — chaqaloq bilan sayrga chiqqanda eng kerakli aksessuardir. Endi so'rg'ich sumka ichida kirlanishi yoki yerga tushib ketishi haqida xavotirlanishga hojat yo'q. Ushbu yumshoq va zamonaviy g'ilof bolalar soshkalarini bakteriya, chang va namlikdan ishonchli asraydi.
Qulay mahkamlanish: Egiluvchan silikon tasmasi (petlya) yordamida g'ilofni kolyaska dastasiga, onalar sumkasiga, ryukzakka yoki avtoo'rindiqqa osongina bog'lab qo'yish mumkin.

