"Qorong‘ulik hamisha, doimo mavjud bo‘ladi. Va bu zulmat bag‘rida hamisha yovuzlik poylab turadi; unda hamisha o‘tkir tishlaru panjalar, qotillik va qon to‘kishlar uchraydi. Shu bois, vitcherlarga hamisha ehtiyoj seziladi. Ular o‘zlariga ehtiyoj tug‘ilgan har bir joyda — yordam so‘rab qilingan nola yangragan, zaiflar madad istagan har bir makonda paydo bo‘lishlari o‘ta muhimdir. Ular chaqiriqqa binoan qo‘llarida qilich tutgan holda yetib kelishlari kerak — shu shunday qilichki, uning yaltiroq jilosi zulmatni parchalab tashlaydi, nuri esa qorong‘ulikni tarqatib yuboradi."

