Qo'lingizda iste'dodli yozuvchi Normurod Norqobilovning hikoyalar to'plami.
Adibning aksariyat hikoyalarida ko'ngilga yorug'lik bag'ishlovchi yaxshilik nuri, mehr nuri balqib turadi. U ta'na-yu malomatlarga qolsa-da ayollarga panoh bo'lishni istagan Berdimurod obrazida, goh esa do'stining yetim bolalariga ammasi orqali oziq-ovqat jo'natib turgan Musa ferma qiyofasida tasvirlanadi. Faqat bizning xalqimizga xos bo'lgan bunday odatlarga hanuz amal qiladiganlar borligidan quvonasiz.
O'ylaymizki, ushbu kitob sizning eng sevimli asarlaringiz qatoridan o'rin oladi.

