25 yoshida Tori Beyli mukammal munosabatlarni qanday qurish va "yigirma-besh" yoshda baxtli bo‘lish haqida bestseller yozdi. Hozir Tori 32 yoshda va u bir paytlar orzu qilgan hamma narsaga ega: muvaffaqiyatli karyera, uni "guru" deb hisoblaydigan minglab obunachilarga ega blog, ajoyib yigit Tom bilan uzoq muddatli munosabatlar. U o‘ttizdan keyin o‘z orzularini qanday amalga oshirish haqida ikkinchi kitobini yozishga deyarli tayyor. Faqat bu yolg‘on bo‘ladi, chunki Toriyning shaxsiy hayoti chok-chokidan yorilib ketyapti. Uning barcha do‘stlari va tanish-bilishlari uylanib, farzandli bo‘layotgan bir paytda, Tom uylanish haqida o‘ylamaydi ham, ularning avvaliga ehtirosga to‘la bo‘lgan munosabatlari endi ko‘proq qo‘shnilarnikini eslatadi. Nashriyot va o‘quvchilar Toridan yana bir motivatsion bestseller yozishni talab qilishadi, lekin u nima haqida yozishni bilmaydi. Tori qizlarga baxtni qanday topish bo‘yicha maslahatlar berish orqali karerasini qurdi. O‘zi baxtli bo‘la olmaganini tan olishga jur’ati yetarmikan?

