Bir odam oqshom vaqti zavq-shavq bilan Alloh taoloning dinini yoyish va mustahkamlash haqidagi xayollaridan so‘z ochib qoldi. «Musulmonlar qachon Alloh taolo ular uchun murod qilgan mavqega qaytadi?!» deb taajjub aralash, yig‘ilganlarga savol bera boshladi. «Nimaga musulmonlar boshqalarga ergashmoqda? Nima uchun dunyoni dindan ustun qo‘yishmoqda? Nima uchun dushmanlari bilan do‘st tutinishmoqda? Nima uchun!? Nimaga!?» deya savollarni yog‘dirib tashladi.
O‘zining chiroyli nutqi bilan yana bir qator savollarni o‘rtaga tashladi. O‘ziga quloq tutganlarning yelkasiga ulkan vazifalarni yuklab tashladi. Tahlil, muqoyasa va xulosalarini batafsil bayon qildi. Ertasiga bomdod namozida uni namozxonlar safidan topa olmadim. O‘zimga o‘zim: «Har qalay biror ishi chikib, kela olmagan bo‘lsa kerak», dedim. Kelasi kuni u yana namozda yo‘q edi. Undan xavotir ola boshladim. Nima bo‘lganini bilishga oshiqdim. Unga rostdan ham biror kor-hol bo‘lgan bo‘lsa-chi, deya andishalandim.

