• • Muallif: Rogʼib Sirjoniy • Tarjimon: D.Mustafoev, O.Sotvoldiev • Nashriyot: «Hilol-Nashr» nashriyot-matbaasi • Hajmi: 120 bet • Sana: 2024 yil • ISBN: 978-9910-731-95-2 • Oʼlchami: 84×108 1/32 • Muqovasi: yumshoq • Alifbo: kirill
Bir odam oqshom vaqti zavq- shavq bilan Аlloh taoloning dinini yoyish va mustahkamlash haqidagi xayollaridan soʼz ochib qoldi. « Musulmonlar qachon Аlloh taolo ular uchun murod qilgan mavqega qaytadi?!» deb taajjub aralash, yigʼilganlarga savol bera boshladi. « Nimaga musulmonlar boshqalarga ergashmoqda? Nima uchun dunyoni dindan ustun qoʼyish- moqda? Nima uchun dushmanlari bilan doʼst tutinishmoqda? Nima uchun!? Nimaga!? » deya savollarni yogʼdirib tashladi. Oʼzining chiroyli nutqi bilan yana bir qator savollarni oʼrtaga tashladi. Oʼziga quloq tutganlarning yelkasiga ulkan vazifalarni yuklab tashladi. Tahlil, muqoyasa va xulosalarini batafsil bayon qildi. Ertasiga bomdod namozida uni namozxonlar safidan topa olmadim. Oʼzimga oʼzim: « Har qalay biror ishi chikib, kela olmagan boʼlsa kerak », dedim. Kelasi kuni u yana namozda yoʼq edi. Undan xavotir ola boshladim. Nima boʼlganini bilishga oshiqdim. Unga rostdan ham biror kor- hol boʼlgan boʼlsachi, deya andishalandim. Uni qidira- qidira, axiri topdim. Shoshgancha « Nima boʼldi, tinchlikmi? Yaxshilikkami? Seni bomdod namozida uchratmadim? » deb soʼradim. Menga bemalol va hech xijolat chekmay: «Meni maʼzur koʼrasan, birodarim. Аlloh taolo meni ham, seni ham magʼfirat qilsin. Mening vaziyatim ogʼir. Ishim erta kunda boshlanadi. Kechasi juda kech uxlayman. Аlloh taolo kechirguvchi Zot!» deb javob berdi. Uning soʼzlari qarshisida dong qotdim. Hayratda qoldim. Oʼzimga oʼzim savol berdim: « Qanday qilib Аlloh azza va jallaning farzlaridan biriga beparvolik qilgan holda Аllohning dinini mustahkamlashni orzu qilish mumkin!? » Qalbimda bir gʼalayon his qila boshladim. Nafasim siqilib, tomogʼim boʼgʼildi. Nimadir qilishni istadim. Nima qilsam ekan, deya mana shu kitobni qalamga oldim. Oʼzimga, sizlarga va qolgan barcha musulmonlarga Аlloh taolodan hidoyat soʼrayman, dinimizni aziz va mustahkam qilsin. U bunga qodir boʼlgan Zotdir.

