To‘plam yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni yuvish uchun mo‘ljallangan. Tarkibida 35 yoki 40 litrlik vannalar mavjud. Vannalar chuqur, yuqori qismi bukilgan, suv to‘kilib ketmasligi uchun shakli maxsus ishlab chiqilgan. 35 litrli model ixcham, 40 litrli model kattaroq hajmga ega.
To‘plamga 7 yoki 10 litrlik qopqoqli chelak kiradi. Chelak suv tayyorlash va saqlash uchun mo‘ljallangan. Qopqoq tashqi chang tushishini oldini oladi.
Gorshok plastmassadan tayyorlangan, tag qismi sirpanmas. Ichki sirtlari yumaloq, tozalash qulay. Gamak to‘rli matodan ishlab chiqarilgan, vannaga plastik ilgaklar bilan mahkamlanadi. Bola yuvilayotganda barqaror holatda turadi.
Kichik tog‘ora suv quyish yoki boshqa yordamchi maqsadlar uchun ishlatiladi. To‘plam tarkibiga krushka (suv quygich idish) ham kiradi. Krushkaning tutqichi bor, chaqaloq boshiga suv quyishda foydalaniladi.
Barcha qismlar BPA moddasiz plastmassadan tayyorlangan. Yuzasi silliq, tozalash oson. Og‘irligi yengil, kundalik foydalanishga mos. Mahsulotlar ishlab chiqarish standartlariga mos keladi.

