• 12 xil rangli slayd: yulduzli osmon, kosmos, suv olami va boshqalar. Yumshoq yorug‘lik, shiftga proyeksiya, oson boshqaruv. Bolalar uchun xavfsiz, xonani bezaydi va sokin uyqu muhitini yaratadi.
Bolalar uchun tungi chiroq – orzular olamini yorituvchi sehrli yorug‘lik
Tungi chiroq – bu shunchaki yorug‘lik manbai emas, balki bolalar xonasida sehrli muhit yaratishning eng oddiy va samarali usulidir. Bolalar tasavvuri juda boy bo‘ladi, shu sababli ularning atrofidagi muhit har bir lahzada muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham ota-onalar uchun bolalarga qulay va xavfsiz muhit yaratish muhim vazifalardan biridir.
Bolalar uchun maxsus ishlab chiqilgan tungi chiroqlar qorong‘ilikdan qo‘rqmay, tinch va xotirjam uxlashlariga yordam beradi. Ular yumshoq, ko‘zga yoqimli va tarqaluvchi yorug‘lik berib, bolaga o‘zini xavfsiz his qilish imkonini yaratadi.
Avvallari tungi chiroqlar oddiy rozetkaga ulanadigan kichik lampalar edi. Bugungi kunda esa bozor bolalar xonasi uchun yanada zamonaviy va jozibador variantlarni taklif qilmoqda:
✨ yulduzli osmonni aks ettiruvchi proyektorlar
🧸 multfilm qahramonlari ko‘rinishidagi tungi lampalar
🪄 dekorativ stol yoki osma chiroqlar
Ular nafaqat yorug‘lik manbai, balki interyerdagi go‘zal bezak bo‘lib xizmat qiladi.
Bu proyektor bolalar uchun nafaqat tungi chiroq, balki xonani ertaklar olamiga aylantiruvchi haqiqiy sehr vositasidir. Uning tarkibida 12 ta yorqin va rang-barang proyeksiya suratlari mavjud:
🌌 Kosmos
🌠 Yulduzli osmon
🐇 Oyqulog‘ quyoncha
🌈 Shimoliy nurlar
🌸 Gullarga to‘la bog‘
🧜♀️ Suv parisi saltanati
🌊 Dengiz olami
🎂 Tug‘ilgan kun
🦄 Kichkina poni
🦄 Yakkashox (Unicorn)
🧚♀️ Sehrgar parilar dunyosi
🎄 Yangi yil
Bu rasmlar almashinuvi juda oson bo‘lib, xonaning shiftini yulduzli osmon yoki ertaknamo manzaralarga aylantiradi. Har bir manzara bolangizni hayratga soladi va uni sokin uxlashga tayyorlaydi.
✨ Proyektor:
– Tungi qorong‘ulikni yoqimli nurga aylantiradi
– Bolani tinchlantiradi va hayolotini rivojlantiradi
– Yangi tug‘ilgan chaqaloqlardan tortib kattalargacha yoqimli taassurot qoldiradi
E’tibor bering: bolalar yotoqxonasi uchun proyektor tanlayotganda xavfsizlik, yorug‘likning yumshoqligi va foydalanish qulayligiga alohida e’tibor bering.

