Supravit Kids Multivitamin + Kalsiy — bolalar uchun vitamin va minerallar majmuasi bo‘lib, immunitetni qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom o‘sish va rivojlanishga yordam beradi. Rezavor meva ta'miga ega shippildoq (eritiladigan) vitaminlar bolalar organizmining kundalik ehtiyojlarini to‘ldirish uchun mo‘ljallangan.
Tarkibida kalsiy (200 mg), C vitamini (60 mg), D3 vitamini, A vitamini, E vitamini, B guruhi vitaminlari (B1, B2, B6, B12), PP vitamini (niatsin), foliy kislotasi, biotin va pantoten kislotasi mavjud. Ushbu kompleks suyaklar va tishlarni mustahkamlashga, immunitetni qo‘llab-quvvatlashga, asab tizimi faoliyatini yaxshilashga hamda energiya almashinuvini ta’minlashga yordam beradi.
Kalsiy va D3 vitamini bolalarning faol o‘sish davrida suyak va tishlarning to‘g‘ri shakllanishini qo‘llab-quvvatlaydi. C vitamini immunitetni mustahkamlashga yordam beradi. B guruhi vitaminlari aqliy faoliyat, diqqat va xotirani qo‘llab-quvvatlaydi. A vitamini ko‘rish qobiliyatini saqlashga yordam bersa, E vitamini antioksidant himoyani ta’minlaydi.
Biologik faol qo‘shimcha, dori vositasi emas
Afzalliklari:
• Kalsiyli bolalar multivitaminlari.
• Immunitetni qo‘llab-quvvatlaydi.
• Suyak va tishlarni mustahkamlashga yordam beradi.
• O‘sish va rivojlanish uchun vitaminlar.
• Vitamin va minerallarning qo‘shimcha manbai.
• Jismoniy va aqliy faollikni qo‘llab-quvvatlaydi.
• Rezavor meva ta'mli shippildoq vitaminlar.
• Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar uchun mos.
Tarkibi: kalsiy, C vitamini, PP vitamini, pantoten kislotasi, E vitamini, B2 vitamini, B1 vitamini, B6 vitamini, A vitamini, foliy kislotasi, biotin, D3 vitamini, B12 vitamini.
7 yoshdan katta bolalar uchun
Bolgariyada tayyorlangan
Yaroqlilik muddati 3 yil, mahsulot qadog‘iga qarang
Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing

