iDROK — O‘yla, Izla, Top!
4–8 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan ushbu rangli rivojlantiruvchi kitob bolani qiziqarli topshiriqlar orqali o‘rganishga undaydi.
Kitobda 150 dan ortiq mashq va topshiriqlar jamlangan. Mashqlar bolaning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, diqqatini jamlash, xotirasini mustahkamlash va kuzatuvchanligini oshirishga yordam beradi.
iDROK — bola uchun shunchaki kitob emas, balki o‘ynab-o‘rganish, fikrlash va yangi narsalarni kashf qilishga yordam beradigan qiziqarli mashg‘ulotlar to‘plami.

