Ushbu rivojlantiruvchi bolalar kitobi farzandingiz uchun nafaqat qiziqarli o‘yin, balki foydali o‘quv vositasi hamdir. Kitob ichida hayvonlar, dinozavrlar, hasharotlar va suv jonzotlari mavjud bo‘lib, bola o‘ynab o‘rganadi.


Maxsus suvli ruchka yordamida bola rasmni bo‘yaydi va ranglar o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi. Rasm qurigandan so‘ng yana yo‘qoladi va qayta bo‘yash mumkin. Bu esa kitobni ko‘p martalik foydalanishga imkon beradi.
Lipuchkali elementlar bolani yanada qiziqtiradi va interaktiv o‘yin yaratadi. Ushbu kitob bolalarda diqqat, xotira, mantiqiy fikrlash va mayda motorika rivojlanishiga yordam beradi.
Qalin muqova va sifatli materiallar tufayli uzoq muddat foydalanish mumkin. Bolangiz uchun ideal sovg‘a!


