Bizibord — bu bolalar uchun mo‘ljallangan ko‘p funksiyali rivojlantiruvchi doska bo‘lib, o‘yin orqali o‘rganishga yordam beradi. Yorqin sariq rangi bolaning e’tiborini tortadi va ko‘rish qobiliyatini rivojlantiradi.
Bizibordda turli o‘yin elementlari mavjud: g‘ildiraklar, shnurovka (ip tortish), harakatlanuvchi detallari, qulflar, tugmachalar, labirintlar, yopishtiriladigan elementlar, harflar, raqamlar va rasmlar. Ushbu elementlar bola mayda motorikasini, mantiqiy fikrlashini, xotirasini, nutqini va harakat muvofiqligini rivojlantiradi.
Bizibord xavfsiz va ekologik toza materiallardan tayyorlangan, burchaklari yumaloq qilib ishlangan. Barcha qismlar mustahkam o‘rnatilgan va bolalar uchun mutlaqo xavfsizdir.
Uyda, bog‘chalarda va rivojlantiruvchi markazlarda foydalanish uchun juda qulay. Shuningdek, o‘g‘il va qiz bolalar uchun ajoyib sovg‘a hisoblanadi.

