Tik yoqali polo futbolka – qulaylik va zamonaviy uslubni o‘zida mujassam etgan model. Kundalik foydalanish, maktab, bog‘cha, sayr va turli tadbirlar uchun juda mos. Tabiiy paxta matosidan tayyorlangan bo‘lib, havoni yaxshi o‘tkazadi, teriga yoqimli tegadi va kun davomida qulaylikni ta’minlaydi.
Model qisqa yeng, tik yoqa va uchta tugmali old qism bilan ishlangan. To‘g‘ri bichimi erkin harakatlanish imkonini beradi, sifatli matosi va puxta tikuvlari esa uzoq muddat foydalanishni ta’minlaydi. Ko‘p marotaba yuvilgandan keyin ham o‘z shakli va sifatini yaxshi saqlaydi.
Polo futbolka jinsi shim, klassik shim, shortik va sport uslubidagi kiyimlar bilan oson uyg‘unlashadi. Sodda va nafis dizayni tufayli har kuni kiyish hamda rasmiy tadbirlar uchun ham ajoyib tanlov hisoblanadi.

