🚗 Bolalar uchun pedal karting — faol va maroqli hordiq uchun ajoyib tanlov!
Ushbu zamonaviy pedal karting bolalarning sayr va o‘yin vaqtlarini yanada qiziqarli o‘tkazishi uchun mo‘ljallangan. 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mos.
Kartingning temir korpusi mustahkam va bardoshli. Rezinka balonlari turli tekis yuzalarda qulay harakatlanishga yordam beradi. Mashinada tormoz tizimi mavjud.
O‘rindig‘i oldinga va orqaga suriladi, bu esa bolaning bo‘yiga qarab qulay holatni tanlash imkonini beradi.
Pedal karting bolangizning faol va maroqli vaqt o‘tkazishi uchun zo‘r tanlov!

