• Yorqin va qulay shriftlar
• O`qish uchun qulay format
• Sovg`a uchun ajoyib tanlov
• Rangli sahifalar
• Bestseller
• Yumshoq Muqova
Lug'atning tuzilishi haqida
Lug'at boshlang'ich sinf o`quychilariga moljallanganligi va ko'rgazmali tuzilganligi bilan shu vaqtgacha chop etilgan o'zbekcha-ruscha-inglizcha lug'atlardan farqlanadi.
Lug'at ikki asosiy qismdan iborat bo'lib, lug'at maqolalari va rasmlardan tashkil topgan. Lug'at maqolasi bosh so'z va uning ma'nosini qayd etuvchi ruscha hamda inglizcha ekvivalentidan tuzilgan.
Lug'atning so`zligi alifbo tartibida berilgan va so'zlar mazmuni lug'atning so'zligini tashkil etadi. Lug'at so'zligi boshlang'ich sinf o'quvchilari amalda qo'llashi mumkin bo'lgan, ular bilishi lozim deb hisoblangan so'zlardan tuzildi. So'zlikni tashkil etuvchi har bir so'z bosh so`z (заглавное слво) deb ataladi.
Shu vaqtga qadar nashr etilgan o'zbekcha-ruscha-inglizcha lug'atlarda tub so'z va qo'shimcha yordamida yasalgan so' zlar bosh so'z sifatida berilar edi. Yordamchi so' zlar bilan hosil qilingan mehnat qilmoq, xursand bo'lmoq kabi so'zlar, shuningdek, javob bermoq, kutib olmoq, olib kelmoq kabi bir lug'aviy ma'no bildiruvchi, lekin ajratib yoziladigan qo'shma so'zlar bosh so'z sifatida emas, balki ular tarkibidagi asosiy so'z deb qaraluvchi so' z asosida tuzilgan lug'at maqolasi ichida berilar edi. Masalan, mehnat qilmoq fe'li mehnat so'ziga tuzilgan lug'at maqolasida, yordam bermoq so'zi esa yordam so'ziga tuzilgan lug'at magolasi ichida berilar edi. Jumladan:
Mehnat — труд - labour Mehnat qilmoq - трудиться- labour Yordam — помощь — help Yordam bermoq — помогать - help
Bu lug'at boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun mo'jallangani hisobga olinib, bunday birikmalar ham so'z sifatida berildi va har biri uchun alohida lug'at magolasi tuzildi. Masalan:
Mehnat — труд - labour
Mehnat qilmoq - трудиться - labour
Yordam - помощь - help
Yordam bermoq - помогать - help.
Bulardan tashqari, boshlang'ich sinflar darsliklarida ko'p uchraydigan, boshlang'ich sinf o'quychilari nutqida qo'llanadigan o'quy qurollari kabi birikmalar ham o'z o`rnida tarjimasi bilan berildi.
Yozilishi bir xil, ammo ma'nosi boshqa-boshqa bo'lgan shakldosh so'zlar bosh so'z sifatida rim raqami bilan alohida-alohida berildi

