Bolalar uchun mo‘ljallangan ushbu o‘yinchoq oshxona to‘plami kichkintoylarga haqiqiy oshpazdek o‘ynash imkonini beradi. Bola turli taomlarni “tayyorlab”, idishlarni yuvib va oshxona ishlarini bajarib qiziqarli vaqt o‘tkazadi.
O‘yinchoq oshxonada realistik funksiyalar mavjud: qozondan bug‘ chiqishi (real bug‘ effekti) va krandan suv oqishi mumkin. Bu esa o‘yinni yanada qiziqarli va real ko‘rinishda qiladi.
Rang-barang dizayn va ko‘plab aksessuarlar bolaning tasavvurini rivojlantiradi hamda rolli o‘yinlar o‘ynashga yordam beradi.
3 yoshdan katta bolalar uchun.

