• Kognitiv funksiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi
• Xotira va e’tiborni yaxshilaydi
• Stress darajasini pasaytiradi
• Sifatli uyquga yordam beradi
• Nerv tizimi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi
• Immunitetni mustahkamlaydi
• Hujayralarni oksidlovchi stressdan himoya qiladi
• Teri va ko‘rish holatini yaxshilaydi
• Yuqori o‘zlashtirilish darajasiga ega
• Bolani uyg‘un rivojlanishiga yordam beradi
SWISS bolalar siropi, magniy va qo‘llab-quvvatlovchi moddalar bilan
SWISS siropi — bu magniy va unga qo‘shilgan foydali moddalarni qulay va mazali shaklda qabul qilish imkonini beruvchi mahsulot bo‘lib, bolaning sog‘ligini saqlash, nerv tizimi normal rivojlanishi va kognitiv funksiyalarini yaxshilashga qaratilgan.
SWISS bolalar siropi murakkab mahsulot bo‘lib, bolaning sog‘ligini, normal rivojlanishini va kognitiv qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun ishlab chiqilgan. Mahsulot tarkibida yaxshi so‘riladigan magniy shakllari — L-treonat, sitrat va bisglisinat mavjud bo‘lib, ular xotira va e’tiborni yaxshilash, stressni kamaytirish, mushak tonusini saqlash va sifatli uyquni ta’minlashga yordam beradi.
Fosfatidilserin va fosfatidilxolin markaziy nerv tizimining to‘g‘ri ishlashini ta’minlaydi va hujayra membranalarining strukturaviy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa nerv impulslari uzatilishi va bolaning kognitiv qobiliyatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Sirop tarkibidagi rux organizmdagi 300 dan ortiq biokimyoviy reaksiyalarda ishtirok etadi, immunitetni mustahkamlaydi, teri sog‘ligini qo‘llab-quvvatlaydi, yaralarni tez bitishiga yordam beradi va ko‘z funksiyalarini saqlaydi. Uzum urug‘i yog‘i antioksidantlar manbai bo‘lib, hujayralarni oksidlovchi stressdan himoya qiladi va yurak-qon tomir tizimini qo‘llab-quvvatlaydi.
B6 vitamini nerv tizimining normal ishlashi, neyrotransmitterlar sintezi, aminokislotalar va uglevodlar almashinuvi hamda gemoglobin hosil bo‘lishi uchun zarur hisoblanadi.


