Kichkintoy va maktab yoshidagi qizaloqlar uchun kundalik kiyish va faol sayrlar uchun mo'ljallangan zamonaviy, yengil hamda qulay krossovka modellari. Oyoq kiyimlar sifatli va yumshoq materialdan tayyorlangan bo'lib, bolaning oyog'iga qulaylik yaratadi. Har bir model o'ziga xos jozibali dizaynga ega: yaltiroq yurakchalar, marvaridlar, nafis kapalaklar, to'rli elementlar hamda tulli bantlar va yorqin toshlar bilan bezatilgan. Bog'ichlari va yopishqoq (lipuchka) tasmalar orqali oyoqqa mahkam va qulay o'rnashadi.

