Kolleksiyangizni ajoyib kema konstruktor bilan boyiting. Ushbu yig'iladigan maket kemalar to'plami mashhur Arleigh Burke sinfidagi esminetsning aniq nusxasi bo'lib, yig'ish jarayoni har bir bolaga katta quvonch bag'ishlaydi.
Yosh kapitanlar uchun eng yaxshi bolalar uchun konstruktor qidiryapsizmi? Ushbu kema o'yinchoq 6 yoshdan oshgan bolalar uchun juda mos keladi. Yig'ilgan harbiy kema qiziqarli o'yinlar uchun eng sevimli va ajralmas o'yinchoqqa aylanadi.
To'plamda 600 ta sifatli qism mavjud bo'lib, tayyor konstruktor kema uzunligi 52.8 sm va balandligi 20.6 sm ni tashkil qiladi. Bunday kemalar o'zining aniq detallari, silliq qismlari va haqiqiy ko'rinishi bilan barchani hayratda qoldiradi.
Ushbu harbiy o'yinchoqlar mustahkam va xavfsiz ABS plastikdan tayyorlangan. Qismlar bir-biriga oson va ishonchli birikadi, shuning uchun uyinchoq kema faol o'yinlarda ham o'z shaklini yo'qotmaydi va uzoq vaqt xizmat qiladi.
Bunday o yinchoqlar bolaning mayda motorikasini, mantiqiy fikrlashini va sabr-toqatini rivojlantirishga yordam beradi. Bu shunchaki chiroyli kemacha emas, balki farzandingiz uchun foydali, qiziqarli va aql-zakovatni charxlovchi mashg'ulotdir.

